Ertaga kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi
2023-yil 10-avgust kuni professional taʻlim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlangan edi.
Abituriyentlarni roʻyxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional taʻlim muassasalariga qabul (https://my.uzbmb.uz/service/67)” boʻlimi orqali amalga oshirilmoqda.
10-sentabr — professional taʻlim muassasalariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olishning soʻnggi kuni hisoblanadi.
Shu sababli professional taʻlim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring