Ertaga Bolalar kitobi haftaligiga start beriladi
Illyustrativ foto
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Alisher Navoiy nomli Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida 2 aprel — Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan 2 — 5 aprel kunlari “Bolalar kitobi haftaligi” boʻlib oʻtadi. Bu haqda Agentlikning “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalida xabar qilindi.
Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan:
2 aprel soat 10:00 va 14:00 da
“Ijod” oʻquv zalida kutubxona boʻylab sayohat;
3 aprel soat 10:00 da
- “Moviy jomadon bilan birga. Ertakterapiya” loyihasi asosida kutubxona xodimlarining Toshkent shahridagi maktabgacha taʼlim muassasalariga tashrifi;
- “Yubilyar ertak kitoblari mehmonda” mavzuida ertaklar olamiga sayohat;
- “Topgan topaloq” nomli topishmoqlar musobaqasi;
- “Ertakdagi qahramonni top” nomli musobaqalar boʻlib oʻtadi.
soat 12:00 da
- Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon asarlarini ovozli oʻqish va oʻqilgan asarlar muhokamasi;
- “Rus masalnavisi Ivan Krilovning masallari sahifalarda” mavzuidagi davra suhbati;
4 aprel soat 10:00 da
Toshkent shahridagi 59 hamda 244-maktablarda “Kutubxona sayyorasi boʻylab sayohat” hamda “Nima? Qayerda? Qachon?” nomli viktorina;
5 aprel soat 10:00 va 12:00 da
“Ijod” oʻqish zalida “Sevimli kitobim muqovasi” hamda yorma (krupa)dan rasm tayyorlash boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtadi.
Barchani tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 99 000 53 20.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring