Ertadan Qarshi shahrida yoʻnalishsiz taksilar va yana boshqa ayrim faoliyat turlariga ruxsat beriladi

12:06 06 May 2020 Jamiyat
1587 0

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga qilgan murojaatida hududda karantin qoidalari yumshatilishi bilan bogʻliq qator yangiliklarni maʼlum qildi.

Xususan, ertadan boshlab yoʻnalishsiz taksilarga qatʼiy karantin va gigiyena qoidalariga amal qilgan holda, orqa oʻrindiqda 2 nafar yoʻlovchi bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Avtomobillar esa har 4 soatda dezinfeksiyalanadi.
Oʻz navbatida fuqarolarni mototsikl, skuter va velosipedlarda karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi mumkin.
“Damas“ avtomashinalari va avtobuslarga hozircha ruxsat berilmagan.
Karantin qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda sartaroshxonalar, mehmonxonalar(nonushtasiz) va savdo doʻkonlari(mahsulotlarni tashqariga yoymagan holda) faoliyatini boshlashiga ruxsat berildi.

Shaxsiy avtomobillarda karantin qoidalariga rioya etgan holda Qarshi shahri ichida 24 soat, faqat maqsadli harakatlanish ham mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер