Ertadan AQSHda grin-karta berish qatʼiylashadi

20:15 23 Fevral 2020 Dunyo
1010 0

Foto: www.google.com

AQSH maʼmuriyati 24-fevraldan AQSHda doimiy yashashga ruxsat berishning (grin-karta) yangi qoidalarini joriy etishi mumkin, bu esa davlat nafaqalariga suyanadigan chet elliklar uchun jarayonni qatʼiylashtiradi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati bergan bayonotda aytiladi.

Juma kuni AQSH Oliy sudi ushbu qoidalarni Illinoys shtatida bekor qilish talab qilingan soʻnggi daʼvoni rad etdi. “Biz Oliy sudning juma kuni “jamiyat uchun yuk“ qoidalarini hayotga joriy etish boʻyicha oxirgi sud taqiqlarining bekor qilganidan mamnunmiz. Natijada Ichki xavfsizlik vazirligi ushbu qoidalarni dushanba kunidan boshlab amalga oshira boshlaydi”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019-yil oktyabr oyining oʻrtalaridan kuchga kirishi kerak boʻlgan farmoyish Nyu-York sudi tomonidan toʻsib qoʻyilgan edi.

Taklif etilayotgan qoidalarga muvofiq, grin-karta olish uchun arizani koʻrib chiqishda Medicaid imtiyozli tibbiy sugʻurtasidan foydalanish, oziq-ovqat talonlarini olish dasturida ishtirok etish va imtiyozli uy-joy sotib olish salbiy omillar hisoblanadi.

Shuningdek, “jiddiy davolanishni talab qiladigan“ va “chet el fuqarosining oʻzini-oʻzi taʼminlashi, maktab yoki ishga borishiga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan kasallik bilan ogʻrigan” odamlarda ham doimiy yashashga ruxsatnoma olishda muammolar paydo boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, shaxsiy tibbiy sugʻurtaning yoʻqligi va mehnat bozoriga kirish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilmaslik ham salbiy holat hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер