Eronning “Traktor” klubi Elit chempionlar ligasi musobaqasini tark etdi
Kecha, 14-aprel kuni futbol boʻyicha Osiyo Elit chempionlar ligasi musobaqasining nim chorak final bosqichi oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Eronning “Traktor” klubi Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasi bilan bellashdi.
Jidda shahrida boʻlib oʻtgan mazkur bahs BAA vakilining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinning dastlabki boʻlimida hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlim boshida “Traktor” posboni Alirizo Beyranvand soʻnggi umid foli sifatida Sardor Azmunni toʻxtatib qolgani uchun maydondan chetlatildi.
65-daqiqada Yuriy Sezar penaltidan hisobni ochdi. 80-daqiqada “Shabab Al-Ahli”ning eronlik legioner futbolchisi Said Izzatullohi jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Oʻyinning soʻnggi daqiqasida Mateusao hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi.
Shu tariqa Eron chempioni musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odiljon Hamrobekov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va maydonda toʻliq harakat qildi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,6 ballga baholandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring