Eronda koronavirus boʻyicha dahshatli rekord kuzatildi

21:28 05 Iyul 2020 Dunyo
1022 0

Eronda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus qurbonlari soni boʻyicha yangi rekord qayd etildi: bir sutkada 163 kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari maʼlum qilgan.

Bundan oldingi antirekord 29-iyun kuni qayd etilgandi — oʻshanda 162 kishi vafot etgan.

Vakilning taʼkidlashicha, oʻtgan bir kecha-kunduzda 2560 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 240 438 kishiga yetgan boʻlib, ulardan 11 571 nafari vafot etdi. Shu paytgacha 201 330 kishi kasallikdan sogʻaygan.

Iyun oyining boshlarida Eronda karantin qoidalari yumshatilib, ommaviy yigʻilishlar koʻpaygandan soʻng koronavirus tarqalishi avj oldi.

Epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan Eron hukumati 5-iyuldan mamlakatning koronavirus keng tarqalgan hududlarida, jamoat joylarida va yopiq xonalarda niqob taqishni majburiy qilib qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер