Eronda AQSH va Isroil zarbalari oqibatida 21 mingga yaqin aholi jabrlandi
Eronda vaziyat keskinlashgan davrdan boshlab AQSH Qurolli kuchlari va Isroilning zarbalari natijasida 21 mingga yaqin tinch aholi vakillari jabrlandi. Bu haqda TASS Eron Qizil yarim oy jamiyatiga tayanib xabar bermoqda.
— Umumiy hisobda 21 mingga yaqin tinch aholi vakillari tan jarohati oldi, ularning 1 731 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va 4 163 nafari ayollardir, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, kamida 214 nafar bola halok boʻlgan.
— 214 nafar bola va 244 nafar ayol hayotdan koʻz yumdi, — deb taʼkidlanadi bayonotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring