Eron tashqi ishlar vaziri Moskvaga keldi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa rasmiylar bilan AQSH hamda Isroilning Eron Islom Respublikasiga bergan zarbalarini muhokama qilish uchun Moskvaga keldi.
Avvalroq u Putin bilan 23-iyun kuni uchrashishini moʻljallayotganini, shuningdek, Rossiya va Eronni strategik sheriklik bogʻlab turishini, shu bois mamlakatlar doimo bir-biri bilan maslahatlashib, harakatlarini muvofiqlashtirishini taʼkidlagan edi.
Ushbu tashrifni Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring