Eron tashqi ishlar vaziri AQSH bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar qayta tiklanganini rad etdi
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni davom ettirayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. U bu haqda oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida post qoldirdi.
Bundan avval Axios portali Aroqchi Uitkoffga harbiy nizoni toʻxtatish haqida matnli xabarlar yoʻllagani haqida xabar bergan edi.
“Janob Uitkoff bilan mening oxirgi aloqam uning ish beruvchisi Eronga qarshi navbatdagi noqonuniy harbiy hujum uyushtirib, diplomatiyani yoʻq qilishga qaror qilishidan oldin boʻlgan. Buning aksini daʼvo qiluvchi har qanday bayonotlar, aftidan, faqatgina neft treyderlari va jamoatchilikni chalgʻitishga qaratilgan”, — deb yozdi Eron TIV rahbari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Tehron Vashington bilan bogʻlanganini, biroq bunda ishtirok etayotgan eronlik mulozimlar kelishuv tuzish vakolatiga ega yoki emasligi nomaʼlumligini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring