Eron Prezidentining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi
Foto: president.uz
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Samarqand aeroportida uni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Eron muzokaralari bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini koʻrib chiqadi. Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolanadi.
Ibrohim Raisiy Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ham ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring