Eron milliy valyutasining nomini oʻzgartirmoqchi
Foto: РИА Новости
Eronda milliy valyutani denominatsiya qilish va nomini oʻzgartirishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi tasdiqlandi. Bu haqda ISNA agentligi xabar bermoqda.
Qonun loyihasiga muvofiq shu paytgacha rial deb atalib kelgan milliy valyutaning nomi tuman deb oʻzgartiriladi. Pul almashishida 1 tuman 10 ming rialga teng boʻladi.
Pul almashishi jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, uch yil davomida tuman ham, rial ham muomalada boʻladi. Yangi qonun kuchga kirganidan keyin Markaziy bank ikki yil davomida yangi pulga oʻtish jarayonini boshlashi kerak.
Eron hukumati Markaziy bank taklif qilgan pul islohoti loyihasini 2016-yildayoq qabul qilgan edi. Loyiha bir necha yil muhokama qilindi.
Eslatib o'tamiz, tuman 1932-yilgacha Eronda muomalada boʻlgan, soʻng rialga oʻtilgan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring