Eron barcha sanksiyalar bekor qilinsa, uranni boyitish darajasini pasaytiradi
Eron hukumati mamlakatda mavjud boʻlgan 60 foizgacha boyitilgan uran zaxiralarini boyitish darajasini pasaytirishga tayyor, agar AQSH Tehronga nisbatan joriy etilgan barcha sanksiyalarni bekor qilsa. Bu haqda Eron vitse-prezidenti va Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.
“Bu masala ular javob tariqasida barcha sanksiyalarni bekor qiladimi-yoʻqmi, shuga bogʻliq”, — dedi Islomiy.
Uning taʼkidlashicha, Ummonda oʻtgan muzokaralar davomida Tehron va Vashington Eronning yuqori darajada boyitilgan uranini uchinchi davlatlarga olib chiqish masalasini muhokama qilmagan.
“Muzokaralarda bunday masala koʻtarilmadi”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring