Eron AQSH va Buyuk Britaniya harbiy bazasiga raketa otdi
Eron Hind okeanidagi AQSH va Buyuk Britaniya harbiy bazasiga raketa otdi, deb xabar bermoqda BILD nashri.
Bildirilishicha, Eron Hind okeanidagi “Diego Garsiya”dagi AQSH-Buyuk Britaniya harbiy bazasiga ikkita oʻrta masofali raketalarni uchirgan. AQSH hukumati rasmiylarining maʼlum qilishicha, ikkala raketa ham nishonga yetib bormagan.
Raketalardan biri parvoz vaqtidayoq nosozlik sabab ishdan chiqqan. AQSH harbiy kemasi ikkinchi raketaga qarata tutib qoluvchi raketa otgan. Uning muvaffaqiyatli urib tushirilgani yoki yoʻqligi hozircha nomaʼlum.
Xabarlarda Eron tomonining harbiy bazaga yoʻlagan zarbasi qachon aniqlangani aniq koʻrsatilmagan. AQSH va Buyuk Britaniya rasmiylari batafsil maʼlumot bermagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring