Yerga yaqin odamlar
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati Furqat tumani “Koʻk doʻppi” mahalla fuqarolar yigʻinida umrguzaronlik qilayotgan Jamila aya Yunusovaning oddiy haqiqati mana shu!
Ayaning aytishicha, yerga mehr qoʻyib, rizq-baraka yaratish bilan mashgʻul odamning roʻzgʻoridan toʻkinlik arimaydi, kasallikni unutadi. Buni oʻzi va mahalladoshlari hayoti misolida isbotlashga urinadi aya.
— Ayniqsa, inson keksaygani sari tani-jonida quvvat kamayib boraverarkan, — deydi Jamila aya. — Lekin yerga yaqin boʻlsangiz, bunga javoban yer ham sizga kuch berarkan. Ishoning! Masalan, men kasal boʻlishni umuman esdan chiqarganman. Tomorqamizdagi 17 sotix maydonda issiqxona qurganmiz va yil davomida bulgʻor qalampiri, bodring-pomidor, limon, turli koʻkatlar yetishtiramiz. Issiqxona yumushlari doim harakatda boʻlishga undaydi. Harakatda boʻlib tursang, vujudingda qon aylanib tursa, “Qon bosimim oshdi” ham demas ekan, yurakni ham changallamas ekan odam. Yana bir muhim jihat, farzandlarimga, nabiralarimga oʻrnak boʻlyapman. Ular ham yonimda yer bilan tillashib, mehnat qilgan aslo xor boʻlmasligini anglab yetmoqdalar.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring