Yerga tushgan eng qadimgi meteorit parchasi aniqlandi
Angliyada topilgan kichik tosh boʻlagi qadimiy meteorit boʻlib chiqdi.
4,6 milliard yil deb taxmin qilingan ushbu obyekt Yerda topilgan eng qadimgi meteorit ekanligi taʼkidlanmoqda. Lafboro universiteti bayonotiga koʻra, mahalliy aholi tomonidan topilgan koʻmir rangidagi bu kichik tosh Quyosh tizimidagi sayyoralar paydo boʻlishidan avval paydo boʻlgan qoldiqlarning bir qismidir. Meteorit Yerga Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroid kamaridan kelgan deb taxmin qilinyapti.
Meteoritga oʻzi topilgan joy yaqinidagi Vinchkom qishlogʻining nomi berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring