Yerfurush qoʻlga olindi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Asaka tumanida “Yoshlar sanoat zonasi”ga tegishli 5 sotixdan iborat yer maydonini sotishga urinayotgan shaxs qoʻlga olindi. Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimida faoliyat olib boruvchi fuqaro tanishiga ushbu maydonni mol-mulki bilan birgalikda tuman hokimligi masʼullari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Shunga muvofiq u umumiy ovqatlanish shoxobchasida 20 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Yer xalqimizning umummilliy boyligi! Shu bois undan oʻzboshimchalik bilan foydalanish jinoyatdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring