Erdog'an Turkiyada tibbiy niqob sotishni taqiqladi

01:18 07 Aprel 2020 Dunyo
2127 0

arxiv foto

Turkiya prezidenti Tayyip Erdo’g'an koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Respublikada amalga oshiriladigan yangi choralarni e'lon qildi.

"Mahalliy ma'murlar fuqarolarimizga bepul tibbiy niqob yetkazib beradilar. Davlatda tibbiy niqob sotilishiga yo'l qo'yilmaydi", dedi Turkiya rahbari.

Bundan tashqari, Erdo‘g‘on Istanbul viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlarni qabul qilishga mo‘ljallangan ikkita maxsus shifolxona qurilishini ham ma’lum qilgan.

"Otaturk aeroporti va Sanjaktepe tumanida ikki yuqumli kasalliklar shifoxonasi barpo etiladi. Ularning qurilishi 45 kun ichida yakunlanadi va ular xalq manfaati uchun ishlay boshlaydi", deya qo'shimcha qildi Prezident.

Turkiyada roronavirus ilk bor 10-mart kuni Yevropadan qaytib kelgan mahalliy aholida aniqlangan edi. Hozirda bu davlatda koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 27699 ga yetdi, 574 kishi vafot etgan, 1042 kishi butunlay sog’aygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер