Erdogʻan oʻzini dunyo yetakchilari ichida eng tajribalisi deb atadi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan oʻzini dunyo yetakchilari ichida eng tajribalisi deb atadi.
Bu haqda siyosatchi Turkiya shimoli-gʻarbidagi Chanaqqalʼa viloyatida yoshlar bilan uchrashuv chogʻida aytib oʻtgan.
“Men buni maqtanish uchun emas, balki boshqa yetakchilar orasida oʻz oʻrnimni belgilash uchun aytyapman”, degan Turkiya prezidenti. Erdogʻanning soʻzlariga koʻra, turk xalqi kimning kimligini bilishi muhim.
3-noyabr kuni Turkiya Xavfsizlik bosh boshqarmasi internetda Erdogʻanni haqorat qiluvchi postlarni tarqatgan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatgani xabar qilingan edi. Ushbu postlarda davlat rahbariga oʻlim tilaklari yozilgan. Ular aybdor deb topilsa, qamoq jazosiga mahkum qilinadi.
2003-yilda Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament saylovlarida gʻalaba qozonganidan soʻng, Erdogʻan Turkiya bosh vaziri lavozimini egalladi.
2014-yilda esa u mamlakat prezidenti etib saylangan. 2018-yilda boʻlib oʻtgan saylovda Erdogʻanni ikkinchi muddatga saylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring