Yer uvoli non uvolidan kam emas

14:45 13 Dekabr 2021 Jamiyat
683 0

Foto: "Xalq so'zi"

Andijon tumanidagi Gumbaz mahallasining aksar xonadonlarida tomorqa maydoni keng. Muhimi, bu yerda oqava suv serob. Shunday boʻlgani holda bu imkoniyatdan unumli foydalanuvchilar kam. Vaholanki, mahallada ehtiyojmand oilalar soni ham oz emas.

Sektor rahbari Jasurbek Umrzoqov hududda tomorqa dehqonchiligini rivojlantirish, aholini daromadga yoʻnaltirish maqsadida 100 nafardan ziyod gumbazliklarni Asaka tumanidagi Fayzobod va Niyozbotir mahallalariga boshlab bordi. Gumbazliklar asakaliklar bir qarich yerdan ham toʻrt martagacha hosil olayotganliklarini, sunʼiy hovuzda baliq yetishtirayotganliklarini, issiqxonalardagi noz-neʼmatlarni koʻrib, bunday omilkorlik sirlarini oʻrganishga ahd qildilar.

— Toʻrt sotix maydonda tomorqam bor, — deydi Gumbaz mahallasida yashovchi Oydinoy Arslonova. — Tomorqadan daromad topishga harakat qilmagan edim. Asakaliklar bir sotix yerdan yil davomida hosil yigʻib, oʻrtacha 20 million soʻm daromad olayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrib, yerning uvoliga qolib yurganligimni tushundim. Fayzobodlik bir oila bilan kelishib oldim, ular menga issiqxona sharoitida koʻchat yetishtirish va pomidor bilan bodring parvarishlashni oʻrgatadigan boʻldi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер