Yer qudrati – dehqon quvvati

11:37 09 Noyabr 2021 Jamiyat
742 0

Foto: Халқ сўзи

Yilning toʻrt faslida ham dehqon uchun ish topiladi. Shu kunlarda yurtimiz sohibkorlari joriy yilda yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻishtirib olib, kelgusi yil hosili tashvishiga tushgan.

Xuddi shunday, Samarqand viloyati fermerlari ham kuzgi shudgorlash ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazmoqdalar. Viloyatda 2022-yil hosili uchun 117 ming 58 gektar yer maydonini kuzgi shudgordan chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, mavsumga 542 dona haydov traktorlari jalb qilingan. Texnikalar yordamida bir kunda 2 ming 371 gektar, joriy yilning 8-noyabr holatiga 18 ming 970 gektar yer maydoni sifatli shudgorlandi.

- Kuzgi shudgorlash ishlari oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan 1 ming 330 ta fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalarining 38 ming 253 gektar yer maydonlarida monitoring tadbirlari oʻtkazildi, - deydi inspeksiyaning viloyat boshqarmasi katta inspektori Adiljon Arziqulov. - Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 82 ta fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalarining 574 gektar shudgorlangan maydoni sertifikat asosida qabul qilinmagani, 1 ming 193 ta qishloq xoʻjaligi korxonalarining 14 ming 164 gektar yer maydonida takroriy ekinlar yigʻishtirib olinib, gʻoʻzapoyadan tozalangan boʻlsa-da, oʻz vaqtida shudgorlanmagani holatlari aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlariga nisbatan ogohlantirishlar berildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер