Yer maydonlarini sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.X. “Ozod” MFY hududidagi “A.A.” MCHJga qarashli boʻlgan 1 gektar yer maydonini fuqaro L.T.ning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. “Oʻzbekiston” MFY hududidagi 24 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro S.U.ga 40 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.X. fuqaro N.T.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Muborak tumani “Konchilar” MFY hududidagi 6 sotix zaxiradagi yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 30 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring