Yer kodeksi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalariga oʻzgartishlar kiritilmoqda

17:12 15 Avgust 2023 Siyosat
987 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilgan navbatdagi hujjat — yer resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga dehqon xoʻjaligi yuritish maqsadida beriladigan yerlarning maydonini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻldi.

Majlisda qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi bilan Yer kodeksi va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining tegishli moddalariga oʻzgartishlar kiritilib, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ajratilishi belgilanmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish uchun dehqon xoʻjaligiga berilgan yerlarda mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер