Yer choʻntakka sigʻmaydi

10:16 05 Dekabr 2018 Jamiyat
1467 0

Illyustrativ foto

Gʻijduvonlik fermer Annaqul (ismi oʻzgartirilgan) qishloqdoshining uy-joy qurish niyatida yurganidan foydalanib, unga “xolis”xizmat koʻrsatdi. Fermer xoʻjaligiga qarashli yerning 6 sotixini imi-jimida pulladi.

Xalqda “Gado bir eshikdan oʻtguncha, undan soʻng andishani yigʻishtirib qoʻyadi” degan gap bor. Bir lahzada 9 million soʻmni qoʻlga kiritgan Annaqul ham bosar-tusarini bilmay qoldi. Uy quraman, degan borki, yerning har sotixini falon soʻmdan pullayverdi. Ularga: “Koʻnglingiz toʻq boʻlsin, kadastr hujjatlarini oʻzim toʻgʻrilab beraman” deya vaʼdani quyuq qilishni ham unutmadi.

Alalxusus, firibgarlik yoʻli bilan oʻzgalarning jami 94 million 600 ming soʻm hamda 5100 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan fermer oʻz nafsining qurboniga aylandi. Endi u odil sud oldida javob beradi.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер