EOAVMA yangi nom va tuzilmada faoliyatini davom ettiradi
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Bugun, 4-may kuni “Hilton” mehmonxonasida Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston mediasining zamon talablariga mos ravishda faoliyat koʻrsatish tamoyillari va mezonlarini takomillashtirish, shuningdek, tashkilotning istiqboldagi reja va chora-tadbirlariga muvofiq Assotsiatsiya nomi va tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish masalalari koʻrib chiqildi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi rebrending oʻtkazib yangi vazifalarni belgiladi hamda yangi tuzilmasini tasdiqladi. Endilikda tashkilot Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomi ostida faoliyat koʻrsatadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasining 2022-yilga moʻljallangan “Birlashish nuqtasi - Renessans” nomli media-dasturining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring