Oʻzbekistonda iyun oyida eng koʻp qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani maʼlum boʻldi
Eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmitaning maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 6 oyda jami 37 682 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foiz oʻsish surʼatiga ega boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyida 7557 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, 2020-yilning boshqa oylariga qaraganda eng koʻp koʻrsatkichni qayd etdi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar-iyun oylarida 35 050 dona “Nexia T-250” (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz), 37 682 dona “Cobalt” (154,2 foiz), 26 047 dona “Lacetti-Gentra” (133,0 foiz), 26 687 dona “Damas” (115,8 foiz), 14 511 dona “Spark” (160,4 foiz) hamda 3 478 dona “Labo“ (90,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring