Energiya sotish kompaniyalari oʻzi daromad koʻrmagunicha sohada oʻzgarish boʻlmaydi — Alisher Qodirov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov aholini gaz va elektr bilan taʼminlashdagi muammolar haqida oʻz nuqtayi nazarini bildirdi.
"Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari oʻzgarmaganidek, energetikada ham monopoliya tugamas, narxlar oʻzgarmas ekan, aholini gaz va elektr bilan taʼminlashda sifat oʻzgarmaydi.
Izoh beraman…
Sifatli taʼminot uchun yaroqli tarmoqlar boʻlishi kerak. Tarmoqlar yaroqli boʻlishi uchun muntazam va qimmat taʼmir ishlari talab qilinadi. Bu byudjet uchun ogʻir, qarzga qilish - teshik idishga suv quygandek gap, investorlar esa davlat bilan sherikchilik qilishni istashmaydi.
Energiya sotish kompaniyalari oʻzi daromad koʻrmagunicha sohada oʻzgarish boʻlmaydi.
Gaz ham elektr ham bor, yetmasa sotib olish imkoniyati bor, lekin minglab kilometr simlar va trubalar eskirib ketgan. Aholini elektr va gaz bilan taʼminlashdagi muammo resurs yetishmovchiligi emas, boshqaruv va taʼminot tizimini eskirganida.
Istaganingizcha energetika vazirini (yoki meni, farqi yoʻq) tanqid qilishingiz mumkin, sohada hammamiz uchun ogʻir va ogʻriqli, vaqt talab qiladigan islohotlar boʻlmas ekan, muammo turaveradi" deydi u oʻzining telegram kanalida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring