Endi saylovlarda haqiqiy siyosiy kurash boʻlishi, shubhasiz — Mavjuda Hasanova
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.
Ayrim deputatlar ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Mavjuda Hasanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
— Mamalakatimizda ilk bor saylov oʻtkazilishi aralash yaʼni (mojaritar, proporsional) saylov tizimiga oʻtkazilmoqda. Bu kelgusida xalqimizga nima beradi degan savol boʻlishi tabiiy.
Mojaritar saylovda saylovchi nomzodga ovoz bersa, proporsional saylovda esa saylovchi partiyaga ovoz beradi. Bu oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, siyosiy partiyaning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshiradi.
Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirishga zamin yaratadi. Xalq qaysi partiyaning gʻoya va ilgari surayotgan saylovoldi dasturlari kuchli boʻlsa, shu partiyaga ovoz beradi. Endi saylovlarda haqiqiy siyosiy kurash boʻlishi, shubhasiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring