Endi maktab tomidan chakki oʻtmaydi

16:55 11 May 2021 Jamiyat
698 0

Yogʻin-sochinli kunlarda Vobkent tuman markazida joylashgan 1-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari yurak hovuchlab turishardi.Negaki, maktab binosi tomidan chakki oʻtar, yomgʻir yoqqanida ayniqsa, sport zaliga kirgan kishining dili xufton boʻlardi.

Sinfxonalar yetishmasligi tufayli darslarning ikki smenada oʻqitilishini aytmaysizmi?!

Nihoyat, bu noxush holga chek qoʻyiladigan boʻldi. Tuman hokimligi saʼy- harakati bilan maktab binosida qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi. Bu yerda viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi loyihasi asosida salkam 5,5 milliard soʻm mablagʻ sarflanadi.

Tamoman yangi qiyofa kasb etadigan maktab binosi mamlakatimiz mustaqilligining qutlugʻ 30 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер