Endi haydovchilarga ayrim huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgani uchun ogohlantirish beriladi
Sohadagi muhim yangiliklardan biri shundaki, Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq maʼmuriy jazolar tizimiga yangi – “maʼmuriy ogohlantirish” taʼsir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Loyihaga koʻra, yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq ayrim yengil turdagi huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga DPX inspektori tomonidan ogohlantirish beriladi. Ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marotaba berilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq zarurat boʻlmagan joylarda oʻrnatilgan yoʻl belgilari demontaj qilinishi hamda ularning amal qilish vaqtini koʻrsatuvchi qoʻshimcha axborot belgilari oʻrnatilishi haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring