Endi bolalar elektron davomatdan oʻtkaziladi

08:57 29 Mart 2024 Jamiyat
327 0

Surxondaryodagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari zamonaviy planshet va internet uzatgichlari(modem) bilan taʼminlanmoqda.

— Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha taʼlim muassasalari tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari taʼlim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir, — deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Husniddin Mamadiyev. — Respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi va bu jarayon uzluksiz davom ettirilmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida raqamlashtirish dasturi, bolalarni elektron davomatdan oʻtkazish ishlarining sifatini yaxshilash maqsadida vazirlik tomonidan vohamizdagi 467 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun zamonaviy planshetlar hamda internet uzatgichlari(modem) ajratilgani bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Ayni paytda boshqarma masʼullari tomonidan ushbu uskunalar oʻz egalariga bosqichma-bosqich yetkazib berilmoqda.

Farhod ESONOV

(«Xalq soʻzi»).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер