Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keladi

17:56 14 May 2020 Dunyo
1382 0

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya va Oʻzbekistonga shu yilning iyul oyi oxiri va oktyabr oyining ikkinchi oʻn kunligida tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi sammiti 22-23-iyul kunlari Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, 16-oktabr kuni Toshkentda MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti rejalashtirilgan.

Ikkala sammitda ham Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammitlarda asosiy munozarali mavzular koronavirus pandemiyasi natijasida kelib chiqqan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Afgʻonistonda tinchlik va hamjihatlikka erishish boʻladi.

Maʼlumot uchun, Rossiya bu yil SHHT rahbarlari sammitini Chelyabinskda oʻtkazishni rejalashtirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер