Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

16:39 12 Yanvar 2024 Jamiyat
530 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “G.” MFY hududidagi savdo doʻkoni hamda fuqaro K.K.ning xonadonidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 496 mln soʻmlik elektr energiyasi oʻgʻirlanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер