Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.L.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan J.S. va boshqalar MCHJ tosh maydalash sexining elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir oʻtkazib, jami 483,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U.” MCHJ texnik boʻlimi masʼul shaxslari va boshqalar “Qoraqamish dehqon bozori” hududidagi bino ustiga oʻrnatilgan aloqa qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida ulab, jami 185,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring