Elektr energiyasini tarmoqlar boʻylab uzatishdagi texnologik sarflarni kamaytirish choralari koʻrilmoqda

10:59 14 Noyabr 2023 Jamiyat
256 0

Joriy yilning shu vaqtiga qadar “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan quvvati 50 kVt va undan yuqori boʻlgan isteʼmolchilarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan berilgan koʻrsatmalarga asosan 1 mln 60 ming kVar quvvatga ega boʻlgan reaktiv quvvat kompensatsiya qiluvchi qurilmalar oʻrnatilishi taʼminlandi.

Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil yakuniga qadar 340 mln 379 ming kVt·soat elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishiladi hamda isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir meʼyorda ishlashiga sabab boʻladi.

Maʼlumot uchun: reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi natijasida elektr tarmoqlaridan reaktiv quvvat oʻtishi qoʻshimcha yoʻqotishlar paydo boʻlishi, kuchlanish va chastotaning pasayishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер