Elektr energiyasidan samarali foydalanish — hayotiy zarurat

09:36 31 May 2022 Jamiyat
1741 0

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari tasdiqlangan. Mazkur qoidalarning 135-bandi va Adliya vazirligida 2008-yil 10-oktyabrda 1864-son bilan roʻyxatga olingan «Oʻzdavenergonazorat» inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 9-sentyabrdagi 168-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablarining bajarilishi boʻyicha viloyatdagi ulangan (oʻrnatilgan) quvvati 50 kVt va undan ortiq boʻlgan isteʼmolchilarda reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinishi, kompensatsiya qilish ishlari yetarli darajada bajarilmagan korxonalarda esa ularni toʻliq bajarilishi boʻyicha «Oʻzenergoinspeksiya» Samarqand hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning mart-aprel oylarida xodimlarimiz tomonidan viloyatdagi 61 ta korxona va tashkilotlarga reaktiv quvvat hamda energiyani kompensatsiya qilish uchun kondensator qurilmalari oʻrnatilmagani yoki oʻrnatilgan kondensator qurilmalaridan toʻgʻri foydalanilmagani oqibatida elektr tarmoqlarida aktiv energiyasining yoʻqolishlari hisobiga ushbu korxonalar tomonidan 9 262 222 kVt/soat elektr energiyasi foydali ishlab chiqarish uchun emas, balki behuda sarflangan. Mazkur holat boʻyicha ular tomonidan 4 mlrd. 168 mln. soʻmlik ortiqcha toʻlovlar amalga oshirilgani toʻgʻrisida ogohlantirish xatlari berildi va ularga ushbu ishlarni bajarish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Umuman, «Oʻzenergoinspeksiya» Samarqand hududiy boʻlimi tomonidan elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha muntazam ravishda targʻibot-tushuntirish ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Zero, ushbu resurslardan unumli foydalanish hayotiy zarurat va bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

A. JOʻRAYEV,

«Oʻzenergoinspeksiya» Samarqand hududiy boʻlimi bosh mutaxassisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер