Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning-ferma” faoliyatiga chek qoʻyildi

13:08 15 Yanvar 2024 Jamiyat
437 0

Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari va viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda elektron texnologiyalar va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi 51 yoshli С.Б. noqonuniy yoʻllar bilan jinoiy boylik orttirish maqsadida oʻziga tegishli boʻlgan “OIL EXTRACTION” MCHJ xoʻjalik hududida noqonuniy “Mayning” fermasini tashkil qilib, shahar elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, 10 dona “Abtiminer S19», 3 dona ”Whatsminer M30» mayning qurilmalarini shahar elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulab ish faoliyatini yuritib kelayotganligi aniqlanib, jami 13 ta mayning ”Mayning-ferma” tashkil qilganligi aniqlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar berdi.

“Mayning-ferma” faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz hamda elektr tarmogʻiga hisoblagichlarsiz oʻzboshimchalik bilan ulanib olib, 2 mlrd. 530 ming soʻm miqdorida moddiy zarar keltirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, C.Б.нинг sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер