Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan IIB, “Oʻzenergoinspeksiya” va “Hududgaz Navoiy” GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N-C.” MCHJ rahbari Ф.А. Karmana tumani “Yangiariq” MFY hududida joylashgan noturar joy obyektida qum tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish faoliyati bilan shugʻullanib kelib, ushbu noturar binoni hamda tabiiy gazni kuchaytirib beruvchi elektr nasosni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulab, jami 478,5 mln soʻmlik tabiiy resurslarni oʻgʻirlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring