Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston, Sayxunobod tumani hamda Guliston shahar boʻlimlari tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “E.O.” xususiy korxonasi, “M.S.”, “S.U.” MCHJ masʼul shaxslari umumiy ovqatlanish shoxobchasi va savdo doʻkonini hech qanday hujjatsiz oʻgʻrilik yoʻli bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, elektr transformatoriga oʻrnatilgan elektr energiyasini hisoblash priboriga qasddan tashqi taʼsir oʻtkazib, jami 335,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Boʻstonliq va Bekobod tumani boʻlimlari tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar J.А., Sh.U. yashash xonadonlaridagi issiqxona, chilangarlik ustaxonasi va dala hovlini hech qanday hujjatsiz oʻgʻrilik yoʻli bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 166 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklar aniqlangan.
Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi tomonidan tuman “Oʻzenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “T.G.” MCHJ masʼul shaxslari anor sharbati ishlab chiqarish korxonasini tijorat maqsadida hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 167,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatli oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring