Ekstremal togʻ turizmi boʻyicha Jahon chempionati Jizzaxda boʻlib oʻtmoqda
Joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Joʻm-joʻm qishlogʻida ekstremal togʻ turizmi boʻyicha Jahon chempionati oʻtkazilmoqda.
Musobaqa oldidan “Uzbekistan Grand Hotel” mehmonxonasida rasmiylar va xorijlik ishtirokchi davlatlar vakillari bilan birgalikda ekstremal togʻ turizmi boʻyicha xalqaro oʻquv seminar tashkil etildi.
Oʻquv seminarda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Rossiya, Belarus va Hindiston davlatlaridan hamda turizm boʻyicha mahalliy rasmiylar qatnashib, togʻ turizmni rivojlantirishda yangi loyihalar va imkoniyatlar, shuning oʻzaro sayyohlar almashinuvi masalalari muhokama etildi.
Seminar davomida Oʻzbekiston tomonidan Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi va xorijiy davlatlar oʻrtasida hamkorlikda ishlash boʻyicha anglashuv memorandumlari imzolandi.
Kecha, 4-oktabr kuni Baxmal tumanida ekstremal togʻ turizmi boʻyicha xalqaro musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Musobaqada jami 250 nafardan ortiq xorijiy va mahalliy yoshlar ishtirok etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring