Eksport salohiyati yuksalayotgan korxona
Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xonqa tumanidagi “Billur-salt” korxonasida oʻn turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, osh tuzi ishlab chiqarilib, ular ichki bozordan tashqari — xorijga ham eksport qilinmoqda.
Yaqinda korxonada ekstra tuz ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan yangi loyiha ishga tushirildi.
— Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologik uskunalar keltirib oʻrnatilgach, korxonamizning eksport salohiyati yanada oshdi, — deydi bosh mutaxassis Xushnud Qilichev. — Ishlab chiqarilgan mahsulotni Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻizistonga joʻnatyapmiz. Oʻtgan yili 11 ming tonna osh tuzi yetkazib berilgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkichni 30 ming tonnagacha oshirishni reja qilganmiz.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring