Eksport koʻlami tobora ortmoqda

12:58 28 Avgust 2024 Jamiyat
170 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda qishloq hududlariga sanoat korxonalarining olib kirilishi ishlab chiqarish koʻlami va eksport salohiyatining ortishiga xizmat qilmoqda. Birgina, Oltinkoʻl tumanida 20 ta korxona bir yilda 90 mln. dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilayotgani bunga misoldir.

— Fabrikamizda shu kungacha 500 turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilgan, — deydi “Mubina grand tekstil” ish yurituvchisi Nihola Qurbonova. — Xaridorlarimizning aksariyatini chet ellik hamkorlarimiz tashkil etadi. Shu bois yilning oʻtgan davri mobaynida 2 mln. dollarlik mahsulotni xorijga eksport qildik. Talabgorlar soni tobora ortib bormoqda. Bu ishlab chiqarish hajmini orttirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini bermoqda. Ayni paytda jamoamizda 100 nafar xotin-qizlar faoliyat olib borayotgan boʻlsa, istiqbolli loyihalarni ishga tushirish orqali ularning soni yana 150 nafarga ortishi koʻzda tutilgan.

Bu kabi yutuqlar zamirida respublikamizda tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratilib, manfaatli imtiyozlar qoʻllanilayotganligi mujassam.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер