Eksport hajmi ortmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizga xorijiy investitsiyani jalb etish oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Buloqboshi tumanida faoliyat olib borayotgan “SHangfeng-bridge of friendship” MCHJ qoʻshma korxonasi olti oy davomida ichki bozordan tashqari Afgʻoniston va Qirgʻiziston davlatlariga 7 ming tonna mahsulot eksport qildi.
— Zavodimiz 2024-yilning aprel oyida ishga tushirildi, — deydi korxona direktorining oʻrinbosari Niu Yunjiu. — Buning uchun 260 mln. AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya yoʻnaltirildi. Natijada bir yilda 2,5 mln. tonna sement mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
Ayni paytda korxonada 750 nafar ishchilar mehnat qilmoqda. Ularning saʼy-harakati bilan joriy yilda eksport koʻrsatkichi 75 ming tonnani tashkil etishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring