Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda investitsiya jalb qilishga oid hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

11:12 19 May 2023 Siyosat
757 0

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiya Moliya vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti direktori Oe Toru bilan uchrashdi. Uchrashuv Samarqandda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32 yillik yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Yaponiya tomoni Oʻzbekistonning sayyoramizning barqaror rivojlanishini taʼminlash boʻyicha muhim qarorlar qabul qilish, bu borada global miqyosdagi tadbirlarni oʻtkazish uchun joylarni taqdim etish va bu orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi faol ishtirokini yuqori baholadi.

Aziz Abduhakimov mehmonlarni Orolboʻyida ekologik vaziyatni yaxshilash, Orol dengizining qurishi muammolariga xalqaro hamjamiyat eʼtiborini jalb qilish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirdi.

Yigʻilishda noyob ekotizimlarni, mamlakat bioxilma-xilligini saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va yashil oʻsishni taʼminlash uchun institutsional salohiyatni oshirish, yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni tayyorlash zarurligi taʼkidlandi.

Tomonlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida investitsiyalarni jalb qilish, yashil texnologiyalarni joriy etish, yashil iqtisodiyot tamoyillariga oʻtish va yashil rivojlanish modellarini ishlab borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер