Ekologik vaziyat: vakolatli davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi masʼuliyati oshiriladi

12:16 28 Noyabr 2023 Jamiyat
217 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.

Deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga “boshqa real xavf” jumlasini amaliyotda qoʻllashning aniq mexanizmlarini belgilab berishga qaratilgan oʻzgartirish kiritilmoqda.

Tashabbuskorlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi ekologik vaziyatni yaxshilashga, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olishga, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda vakolatli davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер