Ekilgan daraxtlar parvarishiga kimlar masʼul?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining 2021-yil faoliyati yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Taʼkidlanganidek, hisobot davrida qoʻmita boshqa qonunchilik tashabbusi subyektlari tomonidan kiritilgan 7 ta qonun loyihasiga masʼul boʻldi va ularni qabul qilishda faol ishtirok etdi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan «
Fraksiya aʼzolari tegishli qoʻmita aʼzolari sifatida 23 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan boʻlsa, qonunchilik tashabbusi huquqi asosida 4 ta qonunga tashabbuskor boʻldi.
Fraksiya va qoʻmita aʼzolari qonun loyihalarini ishlab chiqish bilan birga sohaga oid strategiya va konsepsiyalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha boʻlgan iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda idoralararo muvofiqlashtiruvchi organ sifatida qatnashdi.
Shuning barobarida, fraksiya va qoʻmita parlament nazoratining taʼsirchan mexanizmlaridan samarali foydalangan holda, joylardagi tizimli muammolarni hal etishga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari zimmasidagi muhim masalalarning oʻz vaqtida ijro etilishi holatini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratdi.
Ushbu vakolatlardan kelib chiqqan holda, hisobot davrida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi 16 ta nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazdi. Xususan, fraksiya tashabbusi bilan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi axboroti Qonunchilik palatasining majlisida eshitildi.
Shuningdek, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish holati, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan taʼminlash, “yashil maydonlar”ni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi organlar rahbarlariga parlament soʻrovlari yuborishda tashabbuskor boʻldi.
Hisobot davrida fraksiya aʼzolari joylarda partiya hududiy boʻlinmalari hamkorligida davlat rahbarining tashabbusi bilan eʼlon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Orolga madad” ekologik aksiya doirasidagi Orol dengizining qurigan tubida choʻlga chidamli oʻsimliklar ekish tadbirlarni tashkil etishda va targʻibotida faol ishtirok etdi. Hududlarda ekilgan daraxtlar parvarishi fraksiya va qoʻmita aʼzolari tomonidan jamoatchilik nazoratiga olindi.
Eʼtiborli jihati, fraksiya va qoʻmita aʼzolari tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga saylovchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida dolzarb masalalar yuzasidan 54 ta deputat soʻrovi yuborildi.
Saylovchilar bilan 214 ta uchrashuv oʻtkazilib, joylarda 720 ta ijtimoiy soha obyekti, xonadon va tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyurildi. 154 ta taʼlim muassasalari faoliyati oʻrganildi. Saylov okruglarida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida 862 ta murojaatlar kelib tushdi va shundan 281
Qizgʻin
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring