Yekaterinburgda 16 kishi zaharlanish oqibatida hayotdan koʻz yumdi
Illyustrativ foto
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 16 kishi tarkibida metanol boʻlgan alkogoldan zaharlanish oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Aniqlanishicha, shunday mahsulot Yekaterinburgdagi bozorlardan birida katta miqdorda sotilgan.
Ommaviy zaharlanish hodisasi yuzasidan qalbaki spirtli ichimliklarni noqonuniy sotishda gumon qilinayotgan uch kishi qoʻlga olingan.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, 29 yoshli mahalliy alkogolli xavfli mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishni katta miqyosda uyushtirgan. 60 yoshli erkak va 47 yoshli ayol esa qalbaki spirtli ichimliklarni sotish bilan shugʻullangan.
Xuddi shunday holat biroz oldin Orenburg viloyatida ham kuzatilgandi. Bu yerda qalbaki alkogoldan zaharlanish oqibatida 35 kishi hayotdan koʻz yumgan edi. Shuningdek, yana 64 kishi turli shikoyatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Ulardan uch nafari hamon jonlantirish boʻlimida qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring