YIning Oʻzbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

18:04 18 Iyul 2024 Siyosat
438 0

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Sharlotta Adrian Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunladi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 17-iyul kuni u bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida elchining Oʻzbekiston bilan YI oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni faollashtirishga qoʻshgan uzoq muddatli hissasi yuqori baholandi. Vazir Sharlotta Adrian kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Sharlotta Adrian YIning Toshkentdagi delegatsiyasiga 2021-yil martidan buyon rahbarlik qilayotgandi. Bungacha u YIning Qirgʻizistondagi delegatsiyasida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер