Ehtiyojmand fuqarolar doimiy eʼtiborda

04:39 25 Fevral 2023 Jamiyat
698 0

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar boʻlinmasi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoya va jarrohlik amaliyotiga muhtoj, imkoniyati cheklangan 4 nafar fuqaroga jami 41 million soʻm moddiy yordam pullari tarqatildi.

Jumladan, fondning shahar boʻlinmasi raisi A. Tuleganov Nurafshon shahar Yangiobod mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro N. Abidovaning xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar olib, 5 (besh) million soʻm moddiy yordam pulini topshirdi. 

Nargiza Abidova yurtimizda kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga berilayotgan eʼtibordan mamnun ekanligini aytib, minnatdorlik bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, yil boshidan shu kungacha “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan 10 nafar ehtiyojmand fuqaroga jami 89 million soʻm moddiy yordam berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер