Dushanbeda “Toshkent non kabob” ochildi

16:23 23 Yanvar 2019 Jamiyat
3182 0

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida “Toshkent non kabob” nomli birinchi oʻzbek fast-fud restorani ochildi. U oʻz faoliyatini “Qancha xohlasang, toʻla” nomli qiziqarli aksiya bilan boshladi. Yaʼni bitta non orasidagi totli kabob olish uchun juda boʻlmaganda 1 somoniy(0,1 AQSH dollari) toʻlash lozim.

Mazkur aksiyadan koʻzlangan maqsad nafaqat qiziqarli marketing yurishi, balki aholining ehtiyojmand odamlarga yordam berishga qay darajada tayyor ekanligini ham aniqlashdir. Oʻzbekistonda bunday aksiyalar tez-tez qoʻllanilib turiladi, deb yozadi Aziya-Plyus.

Oʻzbekistonlik tadbirkorlar Dushanbeda mana shunday strategiyani qoʻllashga qaror qilishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер