Duobada yangi maktab ish boshladi

14:56 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
1226 0

Jizzax viloyati Zomin tumanining chor atrofi baland va purviqor togʻlar bilan oʻralgan, ikki adirlik tutashgan va sharqirab suvlar oqib turuvchi Duoba qishlogʻi hududidagi 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2 milliard 363 million soʻmga mukammal taʼmirlandi.

— “Laziz” xususiy korxonasi tomonidan rekonstruksiya qilingan, bugungi kun talablari asosida did bilan taʼmirlangan maktab nafaqat oʻquvchilar balki ota-onalarning ham quvonchiga sabab boʻlmoqda, — deydi mazkur maktab direktori Oʻrozboy Esirgapov. – Qishlogʻimizda asosan qirgʻiz millatiga mansub aholi yashaydi, maktabimiz ham qirgʻiz tiliga ixtisoslashgan, oʻquvchilar uchun darsliklar Oʻzbekiston standartlari asosida qirgʻiz tilida etkazib berilishi bizni hammamizni bagʻoyat xursand qilmoqda.

Shuningdek, maktabning fan xonalari toʻliq yangi mebellar va jihozlar bilan taʼminlandi. Maktabga kirish joylarida birlamchi qoʻllarni yuvish moslamalari oʻrnatildi. Sport zali va oshxona ham bolalarni qabul qilishga shay holatiga keltirildi. Ayni kunda 317 nafar oʻquvchilarni oʻz bagʻriga oladigan maktabda 35 nafar pedagoglar faoliyat koʻrsatmoqda.

Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер